Qorako‘l tumanida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi

Kecha, 21-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi  hamda Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralar rahbariyati tomonidan Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidagi "Madaniyat markazi"da harbiy xizmatchi va xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari uchun ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Qabulda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga ishga kirish istagini bildirgan yoshlar, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari hamda nafaqadagi faxriylardan 10 dan ortiq murojaatlar tinglandi.  

Murojaatlarning ma’lum qismi joyida qanoatlantirilgan bo‘lsa, muddat talab qilinadiganlari nazoratga olingan holda vakolatli tashkilotlarga yuborildi.