Bugun, 22-iyun kuni FVV rahbarligida IIV, MG, SSV va boshqa daxldor tashkilotlar hamkorligida Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan “Megic City” istirohat va madaniyat bog‘ida ommaviy tadbirlarni o‘tkazish davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zilzila, yong‘in, suvda cho‘kish va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlar yo‘nalishlarida to‘g‘ri harakat qilish, oqibatlarini qisqa vaqtda bartaraf etish, odamlarni xavfsiz joyga evakuatsiya qilish va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkaziladi. Ta‘kidlab o‘tamiz ushbu o‘quv mashqi har yili rejaviy o‘tkaziladigan tadbir.
O‘z navbatida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan aholi orasida sarosima ko‘tarmaslik maqsadida mazkur o‘quv mashqlarini o‘tkazish davridagi amaliy jarayonlarga oid materiallarni noto‘g‘ri talqin qilmaslik, balki mavjud ma'lumot va axborotlardan unumli hamda oqilona foydalanishni so‘rab qoladi.