O‘rmon yong‘inlarini oldini olish masalasi yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida viloyat hududida faoliyat olib borayotgan Davlat o‘rmon xo‘jaliklari rahbarlari hamda mas'ul xodimlar ishtirokida muhokama yig‘ilishi tashkil etildi. 

Unda, o‘rmonlar va ularning hududlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarning oldini olish va sodir bo‘lganda tez hamda samarali bartaraf etish yuzasidan muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Mutasaddilar tomonidan o‘rmon xo‘jaliklarining moddiy texnik bazasini yanada mustahkamlash, maxsus texnikalar, motopompalar hamda suv nasoslari harid qilinishi masalasi ko‘rib chiqilib, zarur vazifalar belgilab olindi.