Qoraqalpog‘istonda konsultativ seminar o‘tkazildi

Fuqaro muhofazasi instituti YUNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda ta’lim muassasalarinig tabiiy ofatlar ta’siriga chidamlilik darajasini aniqlash va oshirish, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq ofatlarni boshqarish, ularning salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan tadbirlarga bolalar, o‘smirlar va yoshlarni jalb qilishning normativ-huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilashga qaratilgan dasturiy loyihani amalga oshirib kelmoqda. 

Mazkur loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari negizida Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligining hududiy boshqarmalari (bo‘limlari) hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbar xodimlari ishtirokida “Maktablarda ofatlar tahdidini boshqarish va pasaytirish rejalarini ishlab chiqishga qaratilgan uslubiy qo‘llanmani joriy etish” mavzusiga bag‘ishlangan konsultativ seminar o‘tkazildi.