Joriy yilning 22-iyun kuni Toshkent shahrida joylashgan “Magic City”da Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparati rahbarligida, IIV, MG, Sport, Madaniyat vazirliklari, Toshkent shahar FVB hamda FVDqTga kiruvchi vazirlik va idoralarning kuch va vositalarini jalb qilgan holda odamlar ko‘p yig‘iladigan joylarda ommaviy tadbirlarni o‘tkazish mobaynida shartli ravishda sodir bo‘lgan zilzila oqibatida kelib chiqqan yong‘inni bartaraf etish, bino va konstruksiyalar qulashi natijasida vayronalar ostida qolgan insonlarga yordam ko‘rsatish, shuningdek, ushbu hududda joylashgan suv havzasida cho‘kayotgan fuqarolarni qutqarish borasida maxsus-taktik amaliy o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Maxsus-taktik amaliy o‘quv mashqi davomida asosiy e’tibor “Magic City” hududida favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganida maskan hududidagi fuqarolarni ogohlantirish tizimining ishlashi, bunday vaziyatlarda ishchi-xizmatchilarning harakatlari, tadbirga jalb etilgan doimiy ravishdagi kuch va vositalarni sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini hamkorlikda bartaraf etishi hamda qutqaruv ishlarini olib borishi borasidagi amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, shuningdek, aholini shu kabi vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatishga qaratildi.