Kuni kecha, Toshkent viloyati FVB tomonidan "Yoshlar oyligi" doirasida boshqarma boshligʻi, tizimda xizmat olib borgan nafaqadagi faxriylar hamda yosh harbiy xizmatchilar va xizmatchilar boshqarma tomonidan otaliqqa olingan yoshlar ishtirokida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi oʻtkazildi.
Uchrashuvda rahbar va faxriylar bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar va ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish to‘g‘risida so‘z yuritib, oʻzlarining kasbiy bilim va tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar.
Tadbir yakunida, ishtirokchi yoshlarga boshqarma boshligʻining "Faxriy yorlig‘i" va esdalik sovgʻalari tantanali topshirildi.