Joriy yilning 22-iyun kuni FVV Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi va Toshkent harbiy prokuraturasi hamkorligida "Yoshlar oyligi" doirasida davra suhbati va sayyor qabul tashkil etildi. Unda harbiy xizmatchi va xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari ishtirok etdi. Tadbir davomida ishtirokchilarning huquqiy bilim va sovodxonligi oshirilib, tizimda jinoyatchilik, huquqbuzarlik va korrupsiyaga qarshi kurashishni shakllantirish bo‘yicha tushunchalar berildi. Shuningdek, muammolarni o‘rganish va bartaraf etish yuzasidan murojaatlar tinglandi.
Tadbirga Toshkent harbiy prokurori adliya polkovnigi A.Boboyev, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi, Kadrlar boshqarmasi, Bino va inshootlardan foydalanish boshqarmasi ma’sul xodimlari, shuningdek, Toshkent shahar Xalq qabulxonasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash boshqarmalarining mutaxassislari jalb etilib, harbiy xizmatchi, xizmatchilar va ularning oila a’zolari tomondan yo‘llangan 5 ta murojaat ijobiy hal etildi, 2 ta murojaat yuzasidan huquqiy maslaxatlar berildi.