O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-404-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Sh.Djo‘rayev Toshket shahri va Toshkent viloyati hududida yangi barpo etilayotgan vazirlik obyektlarini qurilish jarayonlari bilan tanishdi. O‘rganish davomida qurilish pudratchi tashkilot rahbarlari va ishchi-xizmatchilariga obyektlarni sifatli qurilishi va o‘z vaqtida topshirilishi shuningdek, texnika hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.