Buxoro viloyati FVB tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda “Romitan” bolalar yozgi dam olish oromgohida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasi o‘tkazilib, unda Romitan tumani prokurori va Hayot faoliyati xavfsizligi markazi mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yurtga sadoqat tuyg'usini yuksaltirish va qutqaruvchi kasbiga bo'lgan qiziqishini oshirish maqsadida tashkil etilgan tadbirlar davomida qiziqarli savol javoblar, sport musobaqalari va rasmlar tanlovi o'tkazildi.
Jarayonda yong'in qutqaruv asbob-anjomlari ko'rgazmasi o‘tkazilib, bolajonlarga yong'inlarning oldini olish hamda favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda to'g'ri harakat qilish yuzasidan tushunchalar berildi.