Jizzax va Farg‘ona viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Yoshlar oyligi” doirasida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi. Unda boshqarmasi boshlig‘i va boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, faxriylar, yosh harbiy xizmatchilar va xizmatchilar ishtirok etdi.
Uchrashuvda rahbar va faxriylar bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar va ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish to‘g‘risida so‘z yuritib, oʻzlarining kasbiy bilim va tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar.
Yakunda o‘z xizmat vazifalariga sidqidildan yondoshib, yuqori natijalarga erishgan bir qator xodimlar boshqarma boshlig‘ining “Faxriy yorlig‘i”, “Tashakkurnoma”, kitoblar to‘plami va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.