Navoiy viloyati FVB, IIB, MG, Sport va Madaniyat boshqarmalari hamda FVDqT kuch va vositalarini jalb qilgan holda odamlar ko‘p yig‘iladigan Navoiy shahrida joylashgan “Yangi hayot” savdo kompleksida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. Unda ommaviy tadbirlarni o‘tkazish mobaynida shartli ravishda sodir bo‘lgan zilzila oqibatida kelib chiqqan yong‘inni bartaraf etish, bino va konstruksiyalar qulashi natijasida vayronalar ostida qolgan insonlarga yordam ko‘rsatish, xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi.