"Qutqaruvchi yoshlar forumi"ning ikkinchi kuni Mo‘ynoq tumanida davom etdi

Avval xabar berganimizdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida “Yoshlar oyligi” doirasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida “Qutqaruvchi yoshlar forumi” o‘tkazilayotgan edi.

Forumning ikkinchi kuni Mo‘ynoq tumanida davom ettirilib, unda ishtirokchilar so‘nggi yildarda Mo‘noqdagi o‘zgarishlar, Orol dengizining suvi qurigan tubida barpo etilgan yashil qoplamalarni kuzatdilar, shuningdek “Orol dengizi tarixi” va “Mo‘ynoq ekologiya” muzeylarida bo‘lishib, tarixiy eksponatlar bilan yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng yoshlarga vatanparvarlik ruhida ishlangan milliy kino namoyish etildi.

Kunning ikkinchi yarmida sportning “Stol tennisi” va “Shaxmat” turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etilib, intellektual va sport o‘yinlari g‘oliblari  “Tashakkurnoma” va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.