O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-avgustdagi "Kichik xajmli kemalardan xavfsiz foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 484-son qarori talablari asosida FVV mas’ul xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Bo‘stonlik tumanidagi Chorvoq suv ombori qirg‘og‘idagi dam olish maskanlarida kichik xajmli kemalardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha hamkor xizmatlar bilan nazorat tartibidagi reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Jarayonda 280 nafar dam oluvchi fuqarolar va maskan rahbarlari bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, yukorida qayd qilingan qaror talablariga rioya qilmagan 8 nafar kema egalariga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Mazkur reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.