FVV Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasida xizmat qilib kelayotgan yosh harbiy xizmatchi va xizmatchilar bilan “Yoshlar oyligi” doirasida “O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shoiri ostida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda sohada xizmat qilib kelayotgan ko‘p yillik tajribaga ega ofitserlar ishtirok etib, bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar va ulardan unumli foydalanish to‘g‘risida so‘z yuritdi. Shuningdek, o‘zlarining kasbiy bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Tadbir yakunida bir guruh faol yoshlar taqdirlandi.