Buxoro viloyati FVB tomonidan G‘ijduvon tumanida 25-27 iyun kunlari “Boshqaruv organlari, Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi hududiy quyi bo‘g‘inining zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Tadbir davomida Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimi tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasi o‘rganildi, shuningdek, ishchi va xizmatchilarning bunday vaziyatlarda harakatlari sinovdan o‘tkazilib, bilim va ko‘nikmalari oshirildi.