O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimdagi yosh harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning intellektual salohiyatini yanada takomillashtirish maqsadida, Surxondaryo viloyati Denov tumanida “Quvnoqlar va zukkolar-2024” ko‘rik-tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand, Buxoro, Sirdaryo viloyatlari boshqarmalarida xizmat qilib kelayotgan yoshlar, harbiy xizmatchilar ishtirok etdi. Ko‘tarinki ruxda boʻlib oʻtgan tanlovda:
🔹1-o‘rinni Sirdaryo viloyatining "Bojalar" jamoasi;
🔹2-o‘rinni Buxoro viloyatining "Minor" jamoasi;
🔹3-o‘rinni Samarqand viloyatining "Afrosiyob" va Qoraqalpogʻiston Respublikasining " Qoraqalpoq yoshlari" jamoalari egallashdilar.
Yakunda g‘olib va sovrindorlar kubok, diplom, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.