Prezidentimizning tegishli qaroriga asosan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda faollik ko‘rsatib, halol va samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, yangi O‘zbekistonni barpo etish va uning xalqaro nufuzini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir qator vatandoshlarimiz “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandilar.
Quvonarlisi, ular orasida FVV tizimida o‘zining bilim va iqtidori, intiluvchanligi va tashabbuskorligi, salohiyati bilan ajralib turgan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yongʻin-qutqaruv qismi qutqaruvchi-yongʻin oʻchiruvchisi oddiy askar Saparov Javoxirbek Xikmatjon o‘g‘li ham mana shunday yuksak davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Fursatdan foydalanib, vazirlik rahbariyati hamda barcha shaxsiy tarkibi nomidan hamkasbimiz Saparov Javoxirbek Xikmatjon o‘g‘lini samimiy qutlaymiz.