Andijon viloyatida yoz mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Tadbir doirasida soha xodimlari aholi xonadonlari, ijtimoiy soha, bolalar sog'lomlashtirish oromgohlari va tadbirkorlik subyektlarida yong‘inlar, suvda cho‘kish va boshqa turdagi ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish yuzasidan tushuntirish, targ‘ibot tadbirlarini olib bormoqda.