Kecha, 29-iyun kuni mamlakatimizning 16 shahrida “Olympic day”, “Vatan Qalqoni” va “Yoshlar kuni”ga bag‘ishlangan BYD “Yangi Nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilari, kursantlar va qutqaruvchilar faol ishtirok etdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, erkaklar o‘rtasida 3 kilometrga yugurish turida Yong‘in-qutqaruv sporti bo‘ycha vazirlik terma jamoasi a'zosi, FVV Akademiyasi 4-bosqich kursanti Akobir Qironbayev shaxsiy hisobda 2-o‘rinni egaldab, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.