Favqulodda vaziyatlar vazirligida bugungi bayram – Yoshlar kuniga bag'ishlangan “Qutqaruvchi yoshlar forumi” doirasida bir qator tadbirlar bo'lib o'tdi. Forum dasturida vazir general-mayor A.X.Qo‘ldoshevning yoshlar bilan onlayn muloqoti, qutqaruvchi yoshlarning Qoraqalpog'istonga safari, ekskursiyalar, sport musobaqalari, Zakovat o'yinlari va boshqa ko'plab tadbirlar o'tkazildi.