Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari –Shtab boshlig‘i polkovnik S.T.Zuparov boshchiligidagi delegatsiya tajriba almashish maqsadida Polsha Respublikasi, Rossiya Federatsiyasining Moskva va Ufa shaharlariga tashrif buyurdi.
Unda favqulodda vaziyatlar idoralari rahbariyatlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, favqulodda vaziyatlar monitoringi, prognozlash, oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, avtomatlashtirilgan ogohlantirish tizimlarini yaratish va aholini favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida xabardor qilish sohasida tajribalar almashinildi.