Andijon viloyati FVB va uning barcha shahar va tuman bo‘limlari tomonidan "Yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun"" tadbirlari doirasida hududlarda kuchaytirilgan tartibda profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Unda ijtimoiy-iqtisodiy soha obyektlari, bozorlar, savdo majmualari, oromgohlar va odamlar ko‘p yig‘iladigan joylarda keng aholini qamrab olgan xolda targ‘ibot tadbirlari olib borilib, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyat va yong‘inlarni oldini olish borasida tushunchalar berilmoqda.