Namangan viloyati FVB xodimlari tomonidan yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha “Dolzarb 30 kun” tadbiri doirasida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan hududiy filiali bilan hamkorlikda Pop tumanida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Unda ishchi-xizmatchilar bilan favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va birlamchi o‘t o‘chirgichlardan foydalanish tartiblari o‘quv mashg‘ulotlari orqali ko‘rsatilib, bilim va ko‘nikmalari oshirildi.