Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan hodisa to‘g‘risida ma'lumot

Bugun, 3-iyul kuni soat 02:23 da Toshkent shahar, Yunusobod tumani “Turkiston” MFY, 6-daha, Yuqori Qoraqamish va Moyqo‘rg‘on ko‘chalari chorrahasi oralig‘ida D-1200 mm bo‘lgan katta suv o‘tkazgich tarmog‘ida nosozlik vujudga kelgan.

Hodisa oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan tezkor ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, voqea joyga zudlik bilan FVV va FVDT tarkibiga kiruvchi korxona, tashkilotlarning kuch vositalari jalb etilgan. 

Xozirgi vaqtda Toshkent shahar “O‘zsuvta'minot” AJ tomonidan quvurlarda suv bosimi kamaytirilib, ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. 

Holat oqibatida 13 ta ko‘p qavatli uyning yerto‘la qismi va ichki yo‘llarga suv kirishi kuzatilgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan va xalok bo‘lganlar yo‘q.

Vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Yaqin soatlarda vaziyat bartaraf etiladi.