Men halollik vaksinasi bilan emlanganman

Kecha, 2-iyul kuni Samarqand viloyati FVB va uning hududiy bo‘limlari xodimlari ishtirokida “Men halollik vaksinasi bilan emlanganman” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida boshqarma boshlig‘i, harbiy prokratura va tegishli tashkilotlar mas'ul xodimlari tomonidan shaxsiy tarkib o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va qonun buzilishi, shuningdek,  korrupsiya hamda manfaatlar to‘qnashuvi kabi holatlarining oldini olish, harbiy xizmatchi va xizmatchilarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish borasida atroflicha tushunchalar berildi.