“Dolzarb 30 kun” doirasida “Tong” bolalar oromgohida o‘quv-seminari o‘tkazildi

Fuqaro muhofazasi instituti hamda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha “Dolzarb 30 kun” doirasida Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinatining “Tong” bolalar oromgohida ko‘rgazmali o‘quv-seminar tashkil etildi.

Tadbirga FVDqT tarkibiga kiruvchi tashkilotlar tuzilmalari ham jalb etilib, yong‘in sodir bo‘lganda, shuningdek zilzila va suvda cho‘kish bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish hamda jabrlanuvchilarga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar oshirildi.