Kuni kecha, Xitoy Xalq Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri Van Syansi boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurdi. Mexmonlarning tashrifi tadbirlarga boy bo‘ldi. Bugun, kunning birinchi yarmida Samarqand shahrida ikki vazirlik rahbarlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muloqot chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev so‘nggi yillarda ikki davlat qutqaruv idoralari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini ta’kidladi. Bu, O‘zbekiston va Xitoy rahbarlari o‘rtasidagi erishilgan kelishuvlar va yaxshi munosabatlar samarasidir. Shu bilan birga, favqulodda vaziyatlar idoralari rahbarlari hamkorlikni yanada kengaytirish va mutaxassislar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish rejalarini muhokama qildilar. Kunning ikkinchi yarmida Xitoy delegatsiyasi uchun qadimiy Samarqandning diqqatga sazovor joylariga ekskursiya tashkil etildi.