"Dolzarb 30 kun" tadbirlari davom etmoqda

Namangan viloyati Pop tumani FV bo‘limi xodimlari va hamkor tashkilotlar ishtirokida "Dolzarb 30 kun" tadbiri doirasida Pop ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi xodimlari bilan favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash hamda yong‘in sodir bo‘lganda harakatlanish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Shuningdek, shartli ravishda sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etish yuzasidan amaliy taktik o‘quv  mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.