Kecha, 8-iyul kuni soat 13:09 da Toshkent viloyati FVBga Bo‘stonliq tumani “Burchmulla” mahalla hududidagi “Qulosoy” sharsharasi yaqinida 3 nafar fuqaro sayr qilish maqsadida borib, 1 nafari o‘z extiyotsizligi oqibatida chap oyog‘idan jarohat olganligi va yordam zarurligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadi va Bo‘stonliq tumani FV bo‘limidan bir guruh qutqaruvchilar aytilgan manzilga yetib borib, jarohat olgan fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan. Shundan so‘ng fuqarolar dengiz sathidan 1800 metr balandlikdan xavfsiz hududga olib tushilib, jarohatolgan fuqaro tez-tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.
Fuqaroning umumiy ahvoli yaxshi bo‘lganligi sababli, shifokorlar tomonidan yashash uyiga ruxsat berilgan.