Qashqadaryo viloyati FVB xodimlari tomonidan yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun" tadbiri doirasida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda Qarshi neft saqlash ombori va Dehqonobod Davlat o'rmon xo‘jaligida amaliy o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
Unda o‘rmonlarda sodir bo'lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarning oldini olish, shartli ravishda ro‘y bergan yong‘inni bartaraf etish, jabrlanganlarni xavfsiz hududga olib chiqish va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, tadirlari amalda bajarib o‘tildi.