Samarqand viloyati FVB boshlig‘i podpolkovnik N.Qodirov rahbarligida yong'in xavsizligini ta'minlash bo'yicha "Dolzarb 30 kun" tadbirlar doirasida Urgut tumanida joylashgan ''Urgut savdo kompleksi''da yong‘in va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish, sodir bo‘lganda oqibatlarini bartaraf etishda texnikalar harakatlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillar bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi. Jarayonda aniqlangan ayrim kamchiliklar joyida bartaraf etilib, muddat talab etadigan kamchiliklar yuzasidan mas’sullarga topshiriqlar berildi.