“O‘zbektelekom”da profilaktik tadbir

Fuqaro muhofazasi instituti xodimlari tomonidan yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha “Dolzarb 30 kun” doirasida “O‘zbektelekom”da profilaktik tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida ishchi-xizmatchilarga yong‘in sodir bo‘lganda, shuningdek zilzila va suvda cho‘kish bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish, oqibatlarini bartaraf etish hamda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha tushunchalar berilib, amaliy ko‘nikmalari oshirildi.