O‘rtachirchiq tumanida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi

Kecha, 10-iyul kuni Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida viloyatning huquqni muhofaza qiluvchi organlar ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. 

Unda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik A.Alimatov ham ishtirok etib, 12 nafar murojaatchini qabul qildi. Jarayonda murojaatchilarning 10 nafarini masalalari joyida hal etilib, 2 tasi muddat talab etilganligi bois mas’ullarga vazifalar berildi va ijrosi nazoratga olindi.