Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti magistraturaga oliy ta’lim muassasalarining “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bosqichini tamomlagan oliy ma’lumotli mutaxassislar hamda Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi vazirliklar, idoralarning aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida besh yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lgan, oliy ma’lumotli xodimlari uchun qabul kvotasi 10 nafar (1 nafar nomzod davlat granti, 9 nafari to‘lov-kontrakt asosida) etib belgilangan.
Magistraturaga kirishda nomzodlar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarning elektron variantini fvvfmi@umail.uz elektron manziliga taqdim etadilar:
1. Magistratura mutaxassisligi ko‘rsatilgan holda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti boshlig‘i nomiga ariza;
2. Fuqarolik pasporti nusxasi;
3. Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma – O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;
4. 3.5 x 4.5 hajmdagi rangli fotosurat (elektron shaklda);
5. 086-U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma nusxasi;
6. Qonun hujjatlariga muvofiq oliy ta’lim muassasasiga kirishda imtiyoz beruvchi hujjatning nusxasi;
7. Mehnat daftarchasi nusxasi (tegishli sohada faoliyat olib borayotganlar uchun);
8. Idora va tashkilot rahbarlarining yo‘llanmasi (tegishli sohada faoliyat olib borayotganlar uchun).
Institut magistraturasiga hujjatlar joriy yilning 15 iyul kunidan 15 avgust kuniga qadar qabul qilinadi.
Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, “Alisherobod” MFY Anaybuloq ko‘chasi 3-uy.
Tel: 71-230-50-72, 71-266-50-36.
Е-mаil: fvvfmi@umail.uz
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Fuqaro muhofazasi instituti qabul komissiyasi