Joriy yilning 16-iyul kuni soat 00:28 da Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi “Chimyon” yong‘in-qutqaruv otryadiga Katta Chimyon tog‘ida 2 nafar fuqaro aylangani kelib, adashib qolganligi to‘g‘risida xabar tushgan.
Aytilgan manzilga zudlik bilan bir guruh FVV qutqaruvchilari yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan. Amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida fuqarolar sog‘-salomat topilib, soat 02:53 da xavfsiz hududga olib tushilgan. Tan jarohati olganlar yo‘q.