Urgut tumanida suvda baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik tadbirlar 

Samarqand viloyati Urgut tumani FVB xodimlari tomonidan ''Qoratepa suv ombori''da suvda baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida, cho‘milishni taqiqlovchi targ‘ibot materiallari o‘rnatildi hamda kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazildi.

Shuningdek, reyd tadbirlar olib borilib, u yerda cho‘milayotga bolalar bilan taqiqlangan hududlarda cho‘milishning ayanchli oqibatlari haqida tushuntirish ishlari olib borildi.