Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari xodimlari tomonidan daxldor tashkilotlar ishtirokida keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Xususan, ishlab chiqarish va qurilish, ijtimoiy soha obyektlari ishchi-xizmatchilari hamda bozorlar, aholi yashash xonadonlarida fuqarolar bilan favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash hamda yong‘in sodir bo‘lganda harakatlanish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.