Oromgohda “Fuqaro muhofazasi” tadbiri o‘tkazildi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi “Ziyo chashmalari” bolalar dam olish oromgohida dam olayotgan bolalarning bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazish hamda harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida  “Fuqaro muhofazasi” tadbiri o‘tkazildi. 

Unda maskandaning ishchi xizmatchilaridan iborat “Fuqaro muhofazasi” tuzilmalari, ya’ni aloqa va xabar berish, jamoat tartibini saqlash, o‘t o‘chirish, evakuatsiya va tez tibbiy yordam xizmatlari saf tortib, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi.