Jizzax viloyati FVB xodimlari tomonidan yong'in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha “Dolzarb 30 kun” tadbirlari doirasida harbiy xizmatchilar bilan yong'in xavfsizligi qoidalariga roiya qilish, turmushda gaz va elektr jixozlaridan xavfsiz foydalanish bo'yicha profilaktik tadbir o'tkazildi. Tadbir davomida harbiy xizmatchilarga soha mutaxassislari tomonidan maxsus texnika va anjomlar namoyish qilindi hamda birlamchi yong‘in o‘chirish vositalarini ishlatish tartibi amaliy tarzda ko‘rsatib o‘tildi.