Navoiy viloyatida "Dolzarb 30 kun" tadbirlari

Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Navoiy shahrida joylashgan harbiy qismda "Yurtimizda yongʻin xavfsizligini taʼminlash maqsadida Dolzarb 30 kun" doirasida tadbir oʻtkazildi. 

Tegishli tizim vakillari hamkorligida tashkil qilingan tadbir avvalida harbiy xizmatchilar oʻrtasida yongʻin xavfsizligini taʼminlash, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan targʻibot seminari tashkil etilib, harbiy xizmatchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berilib oʻtildi. 

Shuningdek, oʻquv mashgʻulotining asosiy qismi shartli yongʻinni oʻchirish boʻyicha amaliy oʻquv mashgʻuloti oʻtkazilib, maxsus texnika asbob anjomlarning koʻrgazmali namoyishi ham boʻlib oʻtdi.