"Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida huquqiy targ‘ibot uchrashuvi

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Ichki ishlar boshqarmasi mas'ul xodimlari hamkorligida Qo‘shko‘pir tumani FVB xodimlari o‘rtasida "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida huquqiy targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda ishtirokchilarga "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi", "Odam savdosiga qarshi kurashish oyligi" va “Turmush” profilaktik oyligi bilan bevosita bog‘liq mavzularda atroflicha tushuntirish berilib, mavzuga oid video roliklar namoyish qilinib, bukletlar tarqatildi.