SAYYOR QABUL O'TKAZILDI

Kecha, 19-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik F.Mirzayev tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi. 

Qabulda 30 ga yaqin harbiy xizmatchi va xizmatchilarning tibbiy xizmat, pensiya, uy-joy masalalari, oila a'zolarini bandligi, yoshlarni ish bilan band qilish va boshqa masalalar bilan bog'liq murojaatlari mas'ullar ishtirokida o'rganib chiqildi.

Qabul davomida, mas'ullar tadbirkorlarning murojaatlari bilan tanishdi. Jarayonda 10 dan ortiq tadbirkorlarning obyektlarida "Fuqaro muhofazasi"ni tashkil etish va "Yong'in xavfsizligini ta'minlash" sohasida yuzaga kelayotgan muammolari tinglandi hamda ularning (tezkor) ijobiy yechimi xususida zarur vazifalar belgilandi.