Bo‘stonliq tumanida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa to‘g‘risida ma'lumot

Joriy yilning 20-iyul kuni soat 14:30 larda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Chorvoq” suv omborining “Burchmulla” suv havzasiga dam olish maqsadida kelgan Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi 19 yoshli fuqaro skuterni haydash vaqtida boshqaruvni eplay olmay, qarshisidagi katamaranga borib urilgan.

Buning oqibatida katamaranda bo‘lgan 2 nafar Farg‘ona viloyatidan kelgan fuqaro tan jarohati olgan. Ushbu baxtsiz hodisa oqibatida fuqarolar olgan tan jarohati tufayli voqea joyida vafot etgan. 

Holat yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB va Prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.