Jizzax viloyati FVB va uning shahar, tuman bo‘limlari harbiy xizmatchi va xizmatchilari bilan Jizzax harbiy prokurori hamda boshqarma boshlig‘i ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida Jizzax harbiy prokurori tomonidan soha xodimlari o‘z xizmat vazifalarini bajarishlari davomida qonuniylik va oshkoralik prinsiplari asosida ishlarni tashkil etishlari, harbiy xizmatchilar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi va yong‘in-qutqaruv otryadi hamda boshqarma faoliyati bilan yaqindan tanishdi.