O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2023-yil 23-dekabr kunidagi PQ-401-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tizimda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xizmatchi ayolllar o‘rtasida joriy yilning 24-25-iyul kunlari "Qutqaruvchi ayollar forumi"ni o‘tkazish belgilangan.
Ayni damda, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida mazkur forumning ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Shtab boshlig‘i polkovnik S.T.Zuparov hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi O.Parpibayeva istirok etib, jamiyatda xotin-qizlarning faolligini oshirish, gender tengligi masalallarida so‘z yuritdi va qatnashchilarga zafarlar tiladi.