Axborot xabarnoma

🔰Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 25-29 iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha juda issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

🔹Respublika hududining katta qismida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari) havo harorati kunduz kunlari 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 44-45 darajagacha ko‘tariladi.

🔹Ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang - to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.