Buxoro viloyati FVB boshlig‘i hamda daxldor tashkilotlar ishtirokida 2024-2025 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda "Dolzarb 30 kun" tadbiri doirasida o‘rganish ishlari olib borildi. 

Xususan, Kogon tumanidagi 1-sonli umumtalim maktabi, 1-sonli DMTT va "Promtekstil" korxonasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong'in xavfsizligi holati ko‘zdan kechirildi. Tadbir davomida isitish qozonlarning sozligi, zaxira ko‘mir yoqilg‘ilarning mavjudligi, ishlab chiqarish va ip yigiruv sexining yong'in o'chirish vositalari bilan ta'minlanganligi, evakuatsiya yo'laklari va chizmalarining mavjudligi va shayligi, zahira suv havzasi hamda yong'in o'chirish gidrantlarining sozligi o'rganildi. Mas'ullarga amalga oshirilishi lozim bo'lgan tadbirlar yuzasidan tegishli ko'rsatmalar berildi.