Surxondaryoda olib borilayotgan profilaktik tadbirlar 

Surxondaryo viloyati FVB xodimlari tomonidan Sho‘rchi tumanida tegishli tashkilotlar bilan "Dolzarb 30-kun" tadbirlari doirasida bozorlar, savdo maskanlari va qurilish obyektlarida profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.

Tadbirlar davomida ishtirokchilarga  yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldino olish va yongʻin xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Shu bilan birgalikda aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish boʻyicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.