Soʻx tumanida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi

Kuni kecha, Fargʻona viloyatining Soʻx tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tashabbusi bilan Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar masʼullari ishtirokida ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi. 

Unda harbiy xizmatchi va xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolari, nafaqadagi faxriylar va yoshlarning murojaatlari tinglandi. 

Jarayonda Favqulodda vaziyatlar vazirligiga kelib tushgan 51 ta murojaatdan 10 tasi joyida ijobiy hal etildi, 33 tasiga huquqiy tushuntirish berilib, 8 tasi nazoratga olindi.