Kuni kecha, Toshkent shahar Yangihayot tumani “Chortoq” mahallasida joylashgan uylarning birida, ushbu uy egasining 2023-yilda tug‘ilgan farzandi ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolganligi sababli hovlisidagi hojatxonaga tushib ketganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib bordi va maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida hojatxona chuqurligidan bolani sog‘-salomat olib chiqib, hayotini saqlab qoldi.
Hurmatli ota-onalar farzandlaringizni nazoratsiz qoldirmang.